Panamada 5 tonna kokain ushlandi

Olam

image

Panamaning milliy havo-dengiz xizmati Senan’ning ma’lum qilishicha, bortida to‘rt nafar kolumbiyalik va 5 tonna giyohvandlik vositasi bo‘lgan suvosti kemasi qo‘lga olingan.

“Senan Bokas-del-Torodan shimoli-sharqda suvosti kemasidan 5 tonna giyohvandlik vositasini aniqladi. Bu ishda ayblanib, Kolumbiyaning 4 nafar fuqarosi qo‘lga olingan”, deb ma’lum qilgan xizmat Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Senan bergan boshqa ma’lumotga ko‘ra, Panama suvlarida patrul va harakatni boshqarish operatsiyalari Kolumbiya qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, dunyodagi kokain plantatsiyalarining 90 foizdan ortig‘i Kolumbiya, Peru va Boliviyani o‘z ichiga olgan “And narkouchburchagida” to‘plangan. Ushbu giyohvandlik vositasi, shuningdek, Panama, Ekvador, Venesuelaning janubi-g‘arbi va Braziliyaning shimoli-sharqidagi plantatsiyalarda ham yetishtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kokain

Baholaganlar

75

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar