Pan Amerika belbog‘li kurash federatsiyasi tashkil etildi

Sport

image

Braziliyaning San-Paulu shahrida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasining (JBKA) navbatdagi ta’sis kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligining Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA) prezidenti Azizbek G‘aniyev raisligida o‘tgan kongressda tashkiliy masalalar, xususan, ijroqo‘m a’zolari safini ko‘paytirish, shuningdek, ta’sis yig‘ilishidagi asosiy masala — Pan Amerika belbog‘li kurash federatsiyasini tuzish taklifi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bir ovozdan Pan Amerika Federatsiyasi rahbariyati tarkibi saylandi.

Pan Amerika belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti etib, braziliyalik Xoze Jildemar Klementino De Karvalyu saylandi. Yangi tashkil etilgan ushbu konfederatsiya prezidenti belbog‘li kurashlar bo‘yicha 6-DAN sohibi, murabbiy, 600 nafar sportchiga ega “ADSA” akademiyasi prezidentidir.

Pan Amerika belbog‘li kurash federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini esa, braziliyalik Markos Xose Xungaro egalladi.

Pan Amerika belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi etib yana bir Braziliya fuqarosi Joao Shiffer saylandi. U xalqaro jang tashkilotlarida ko‘plab lavozimlar egasi, kurashni rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega.

Shuningdek, kongressdan so‘ng JBKA yetakchilari yangi tuzilgan Pan Amerika konfederatsiyasi a’zolari hamrohligida “ADSA Akademia” jang san’ati akademiyasida belbog‘li kurash bo‘yicha birinchi Pan Amerika seminarini ham o‘tkazishdi. 600 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur seminarda mahalliy murabbiylar, sportchilar va hakamlarga o‘zbek qadimiy sport turi belbog‘li kurash to‘g‘risida nazariy ma’lumot berildi. Belbog‘li kurashning turli usullarini qo‘llagan holda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing