“Paxtakor” jarimaga tortiladi. Bunga sabab nima?

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi jarimaga tortiladi. Bunga sabab, O‘zbekiston Superligasining 11-turidan qoldirilgan “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” uchrashuvi yakunida bosh hakam “sherlar” darvozasi tomon penalti belgiladi va belgilangan jarimani jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Ushbu vaziyatdan so‘ng “Paxtakor” matbuot xizmati klub rasmiy sahifalarida bosh hakam tomon “tosh” otdi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ijtimoiy tarmoq sahifasida “Paxtakor” jarimaga tortilishi haqida  ta’kidlab o‘tdi.

“Paxtakor" futbol klubi matbuot xizmati "So‘g‘diyona" bilan o‘yin atrofida o‘z sahifalarida bayon qilgan fikrlari uchun jarimaga tortiladi. Bungacha ham klub matbuot kotibining ishi ikki marta Tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqilgani ham bunga asos bo‘ladi. 

"Paxtakor" matbuot xizmati 14 ta klub orasida eng yaxshisi, bunisiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ammo bu holat ularga etika normalaridan chetga chiqish vakolatini bermaydi deya ta’kidlagan Diyor Imomxo‘jayev

Ma’lumot uchun, poytaxt klubi ushbu durrang natijadan so‘ng 27 ochko bilan Superliganing 3-pog‘onasida bormoqda. “Navbahor” 28 ochko bilan peshqadam bo‘lsa, Qarshining “Nasaf” klubi 27 ochko va to‘plar nisbati bilan ikkinchi o‘rinni band qilgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

579

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing