“Paxtakor”ning shov-shuvli g‘alabasidan keyin OFK o‘z sahifasiga Toshkent haqida video joyladi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Toshkentda o‘tkazilgan “Paxtakor” va “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuvdan keyin Osiyo futbol konfederatsiyasining musobaqalarni yoritib boruvchi rasmiy YouTube sahifasi Toshkent haqidagi videoni e’lon qildi.

Videoda Toshkent tarixidan so‘z ochuvchi majmualar, masjid, bozor va boshqa inshootlarni hamda shahar hayoti va albatta “Paxtakor” klubining o‘yinlaridan tasvirlarni ko‘rish mumkin.

 

“Toshkent – an’analar va ambitsiyalarga ega shahar! Shaharda chuqur futbol madaniyatidan tortib dinamik haqiqiy shahar hayotini boshdan kechirish mumkin. Toshkentni chinakam noyob manzilga aylantiradigan energiya, tarix va ishtiyoq mavjud”, deyiladi video ostida.

Ma’lumot uchun, 4 mart kuni JAR stadioni mezbonlik qilgan “Paxtakor” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi bahsda “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Tomonlar o‘rtasidagi javob o‘yini 12 martga o‘tar kechasi Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Paxtakor Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing