“Paxtakor” “Lokomotiv” va “Navbahor” klublarini ogohlantirdi

Sport

image

"Paxtakor" klubi 2020 yilgi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida seleksiya ishlarini boshladi. Jamoa Superligada ishtirok etayotgan ba’zi futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.

Xususan "Lokomotiv" mudofaa chizig‘i vakili Anzur Ismoilovning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi yil yakunida nihoyasiga yetishi munosabati bilan "Paxtakor" futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan. 

Bu haqda esa klub "Loko"ni ogohlantirgan va rasmiy xat yuborgan. Shuningdek, "Navbahor"da o‘ynayotgan rossiyalik futbolchilar, Igor Golban va Aleksandr Kasyan bo‘yicha ham klub qiziqish bildirmoqda va futbolchilar bilan muzokaralarga kirishishdan oldin "Navbahor" klubiga ogohlantirish xati yuborgan.
Golban va Kasyanning ham amaldagi shartnomasi hozirgi klubi bilan yil yakuniga qadar mo‘ljallangan. 

Katta ehtimol "Paxtakor" klubi markaziy himoyachilar Golban yoki Ismoilov variantidan birini tanlashi mumkin. Kelasi mavsumda esa jamoani hozirgi serbiyalik himoyachisi, yil yakunida shartnomasi tugaydigan Marko Simich tark etish ehtimoli yuqori. "Paxtakor" esa mazkur futbolchining o‘rniga zaxira izlash harakatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing