“Paxtakor” futbolchi va murabbiylarining maoshlari e’lon qilib boriladi
Sport
−
18 iyun 2021 11088 1 daqiqa
Kecha, 17 iyun kuni Toshkent shahar hokimi – “Paxtakor” futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoa a’zolari va murabbiylari bilan klubning Qibrayda joylashgan mashg‘ulotlar bazasida uchrashuv o‘tkazdi.
Unda klub oldida turgan moliyaviy majburiyatlar shu kunlarda ijobiy hal etildi. Homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so‘m pul mablag‘lari hisobidan shu kungacha yig‘ilib qolgan futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoshlaridan bo‘lgan qarzdorliklar bartaraf etilgan.
Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev uchrashuv vaqtida bundan buyon “Paxtakor” futbol klubi faoliyati va moliyaviy hisobotlari shaffoflik, ochiqlik tizimida yo‘lga qo‘yilishini alohida ta’kidlagan.
Avvalroq, 9 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga topshirilgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025