Paxtachida madaniyat bo‘limi xodimlari byudjet pulini talon-toroj qilgan

Jamiyat

image

2020 yil va joriy yilning birinchi yarimida Madaniyat vazirligi tizimidagi 7 nafar xodim “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali byudjet mablag‘idan 144 mln so‘m talon-taroj qilgani aniqlandi. Bu haqda, Madaniyat vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Burhonov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, byudjet mablag‘larining sarflanishi, maoshi va o‘zaro hisob-kitob qilish jarayonidagi tizimli kamchilik va nuqsonlar hamda korrupsiyaviy omillarni to‘liq bartaraf etish choralari ko‘rilmagani oqibatida o‘zlashtirilgan.

“Tahlil qilingan davrda tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha 7,8 mlrd so‘m byudjet va boshqa mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlanib, 59 nafar soha xodimlari javobgarlikka tortilgan”, deydi Madaniyat vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i.

Burhonovning aytishicha, byudjet tashkilotlarida mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotining yuritilishi uchun kompleks avtomatlashtirilgan “UzASBO” dasturi ishlab chiqilgan. Ayrimlar undagi ba’zi texnik kamchiliklardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishgan.

“2020 yil va joriy yilning birinchi yarmida vazirlik tizimidagi 7 nafar xodim “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan. Paxtachi tumani madaniyat bo‘limi bosh hisobchisi A.Iskanov, bo‘lim boshlig‘i A.Islomov, kassir B.Faxriddinov bilan jinoiy til biriktirib, “UzASBO” dasturi orqali ishchi va xodimlarga ish haqqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni ortiqcha hisoblab, 144 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun javobgarlikka tortilgan”, deydi Ulug‘bek Burhonov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing