Paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga beriladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Kelgusi, 2022 yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 noyabr kuni yig‘ilishda ta’kidladi. 

Ayni vaqtda davlat rahbari raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

“Yaqinda qabul qilingan qarorlar bilan paxta-to‘qimachilik va g‘alla klasterlari faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilib berildi.

Buning hisobidan to‘qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa 7 milliard dollardan oshiriladi.

Xuddi shunday ishlab, meva-sabzavotchilik eksportini bugungi 1,2 milliard dollardan kamida 5 milliard dollarga ko‘paytirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar bor”, deydi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Bunda:

•    kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi;

•    70 ming gektar yer foydalanishga qaytariladi;

•    aholining o‘zida 500 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud. Ushbu yerlardan qo‘shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1014

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing