Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha yangi milliy dastur qabul qilindi
Jamiyat
−
10 mart 2021
2425O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarori bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi.
Milliy dastur bilan ozon qatlamini buzuvchi moddalar (OBM)dan foydalanishni to‘xtatish harakatlarining maqsadlari va strategik yo‘nalishlari belgilab berildi.
Dasturga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi OBM iste’molini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Milliy dastur doirasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:
OBMni va ularning tarkibidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqishni to‘xtatish hamda bunda qat’iy nazoratni o‘rnatish;
OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirish;
OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6 ta yangi markaz tashkil qilish.
Ma’lumot uchun, mazkur sohadagi birinchi milliy dastur Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan edi.
LiveBarchasi