Oziq-ovqat sanoati tarmog‘iga 725 xalqaro standart joriy etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida yirik korxonalar ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish, tarmoqda 725 xalqaro standartlar joriy etiladi, resurslarni taqsimlash mexanizmiga bozor tamoillari to‘liq joriy etiladi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi, sohaning eksport ko‘lami kengaytiriladi.

Quvvatlardan foydalanish darajasini meva-sabzavotni qayta ishlashda 42 foizdan 80 foizga, go‘sht-sutni qayta ishlashda 50 foizdan 85 foizga, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda 48 foizdan 75 foizga oshirishni ta’minlash natijasida, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori 2,5 baravarga eksport 3,5 baravarga o‘sishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, Germaniyaning “Humana” kompaniyasi bilan hamkorlikda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga mahsulot importi ulushi 97 foiz (3,0 ming tonna)dan  15 foiz (0,5 ming tonna)gacha qisqaradi. Shuningdek, hududlarda 1,5 mln. tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan 350 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oziq-ovqat xalqaro standart

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar