Eng xavfli qon guruhi aniqlandi

Salomatlik

image

Yapon olimlari tomonidan yangi tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari haqida "Change" portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassislar qon guruhlari ichida birinchi qon guruhi eng xavfli degan xulosaga kelishgan. Olimlar xulosasiga ko‘ra, aynan shu qon guruhi egalari og‘ir jarohat olgan taqdirda o‘lim xavfi deyarli uch baravarga ko‘payadi.

Gap shundaki, olimlarning ta’kidlashicha, birinchi guruhdagi qon plazmasida oz miqdorda Villebrand omili (qon plazmasidagi glikoprotein) mavjud. Ushbu omil jarohat olganda kuchli qon yo‘qotish xavfini keltirib chiqaradi. Bu esa jiddiy oqibatlarga va hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, birinchi qon guruhi egalari universal donor hisoblanishadi. Lekin o‘zlari faqatgina birinchi qon guruhini donor sifatida qabul qilishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing