Fotogalereya: Dunyodagi eng xavfli va halokatli dronlar

Bu qiziq

image

Bundan 15 yillar muqaddam harbiy dronlarni ilmiy-fantastik o‘yinchoqlar sifatida qabul qilishgan. 2000-yillarga kelib, ulardan ma’lumot yig‘ish va harbiy harakatlarda foydalana boshlandi. Muhandis va konstruktorlar yanayam mukammal qurilmalar yasashga buyurtmalar ola boshlashdi. Shunday qilib harbiy texnikalar kitobida yangi sahifa ochildi. Bugungi kunga kelib, turli davlatlarda mavjud eng qudratli dronlar qaysilar ekanini bilasizmi?

1. MQ-4C Triton

MQ-4C Triton.

Ushbu dron uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar ichida eng yirigi hisoblanadi. MQ-4C Triton qurilmasini Pentagon buyurtmasiga asosan Northrop Grumman kompaniyasi tayyorlagan. Uning qanotlari uzunligini Boeing 747’ning qanotlariga solishtirish mumkin. Undan qachon foydalanish to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 

2. WU-14

DF-ZF.

Xitoyning eksperimental giperovozli ushbu droni qit’a bo‘ylab raketalarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Garchi Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi dastlab WU-14 ni “uchadigan ilmiy qurilma” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik dron harbiy maqsadlar uchun barpo etilgani tan olindi. WU-14 reytingdagi eng qudratli uchuvchisiz boshqariladigan qurilmadir. Chunki u yadro qurolini nishonga yetkazish uchun mo‘ljallangan.

3. CH-5

CH-5.

Ushbu dron Xitoyda ishlab chiqariladi. Aslida, AQSHning “O‘lim o‘rog‘i” deb atalgan qurilmasining o‘zgartirilgan kloni. Dron China Aerospace Science and Technology harbiy korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tgan. U ikki xil yangi turdagi o‘q-dorilar bilan jihozlangan (bu borada aniq ma’lumotlar yo‘q) va lazerli boshqarish tizimiga ega.

4. Taranis

Taranis.

Ayni paytda Buyuk Britaniyaning qit’alararo parvozga mo‘ljallangan ushbu droni haqidagi barcha ma’lumotlar maxfiylangan. Taranis’ning faqatgina ayrim parametrlari ma’lum. Uning og‘irligi 3 tonna, uzunligi 11 metr, qanotlari esa 10 metrni tashkil etadi. Shuningdek, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, dronda “Stels” texnologiyasi qo‘llaniladi.

5. Northrop Grumman X-47BS

Northrop Grumman X-47BS.

Mashhur Northrop Grumman kompaniyasining yana bir uchuvchisiz boshqariladigan apparati. Ikkinchi avlod jangovar droni bort kompyuteridan foydalangan holda, hech qanday jonli operatorning ko‘magisiz uchib, qo‘nishga qodir. Qurilmaning qanotlari raketa uchirish moslamalari bilan jihozlangan, ular yerdan turib odam tomonidan masofadan boshqariladi.

6. IAI Harpy

IAI Harpy («Гарпия»).

Ushbu dron-snaryad  dushmanning jonli va zirhli kuchlarini aniqlash va yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Uchuvchi samolyot mo‘ljalni yuqori balandlikdan urib yuboradi. Qurilma o‘zida mavjud portlovchi qismlar yordamida yuqori balandlikdan nishonni yo‘q qila oladi.

7. MQ-9 Reaper

MQ-9 Reaper («Жнец»).

Ushbu dron dunyodagi eng mashhur va halokatli qurilmalardan biridir. MQ-9 Reaper o‘zidan oldingi MQ-1 Predator ("Yirtqich”) razvedka droni o‘rniga yaratildi. U 12 kilometr balandlikda pavroz qila oladi, og‘irligi 4,7 tonna bo‘lgan yukni ko‘tarib, kun davomida havoda bo‘lishga qodir. Ushbu po‘lat yirtqichdan yashirinish juda qiyin.

8. Forpost

Отечественный БПЛА «Forpost».

Rossiyaning “Forpost” uchuvchisiz boshqariladigan qurilmasi Isroilning sifati bilan mashhur Searcher 2 rusumli dronining zamonaviylashtirilgan talqini hisoblanadi. Hozirda bu dronlar Rossiya armiyasiga endi-endi kiritilmoqda. Ammo allaqachon Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ulardan foydalanildi.

9. C-Worker 6

Корабль-беспилотniк C-Worker 6.

Dronlarga nafaqat samolyotlar, balki kemalar ham aylanmoqda. Angliya o‘zining C-Worker 6 katerini taqdim etdi. U past tezlikda harakatlansada, bitta to‘la bak yoqilg‘i bilan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bir hafta davomida suvda qola oladi. Qurilma razvedka ishlarini bajarish ishlariga mo‘ljallangan. Zarurat tug‘ilganda dushmanga zarar yetkazish uchun uni masofadan turib portlatib yuborsa bo‘ladi. 

10. S-100 Camcopter

Беспилотный коптер S-100 Camcopter.

Garchi Schiebel kompaniyasi o‘zining uchuvchisiz vertolyotini 2005 yilda taqdim etgan bo‘lsa-da, u hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. S-100 Camcopter dushman guruhlarini juda uzoq va yetib bo‘lmaydigan masofada kuzatib borishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing