400 nafar bola Suriyadan olib kelindi

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshqa davlat organlari va chet ellik sheriklar bilan birgalikda "Jusan" operatsiyasi doirasida 595 Qozog‘iston fuqarosini, shu jumladan 400 dan ortiq bolalarni Suriyadan olib keldi. Bu haqda QMXQ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qaytib kelganlarning 10 nafari va 5 ayol ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida qatnashgani uchun turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Suriyada ISHIDning bitta guruhida bo‘lgan yana 14 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. 
Ularga terrorchilik faoliyatida ishtirok etish, odam yollash va terrorizmni targ‘ib qilish, shuningdek boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etishda ayblov qo‘yildi. 

Jinoyat ishining materiallari Nur-Sulton shahrining jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan tumanlararo sudiga yuborildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

"Jusan" operatsiyasi Qozog'iston Suriyadan

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar