O‘zbekiston turizmni rivojlantirishda vertolyotlardan foydalanadi

Jamiyat

image

Turizm va biznesni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vertolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Elyor G‘aniyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro aviatsiya forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotlarda tog‘lardagi diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘aniyevning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston aeroportlari, aviatsiya va logistika forumi” (UAALF-2020) deb nomlangan xalqaro aviatsiya forumi 2020 yil 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, forum chet el kompaniyalarini respublikaning havo transporti bozoriga jalb qilish uchun o‘tkazilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot transportini respublikada ham rivojlantirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni O‘zbekistonda 2020 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi e’lon qilindi, uning doirasida respublikada beshta yangi aviakompaniyani tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing