Abu Dabida Putin kortejiga “DPS”lar hamrohlik qildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning kortejini Rossiya yo‘l-patrul xizmati ranglariga bo‘yalgan va rus tilidagi "DPS" so‘zlari yozilgan Amirlik politsiyasi hamrohlik qilishi odatiy holat emas. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Abu-Dabidagi Rossiya elchixonasiga ko‘ra, Amirliklar tomoni Rossiya Prezidentini iliq kutib olish doirasida qo‘shimcha e’tiborni jalb qilishni xohlagan bo‘lishi mumkin.

Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Amirliklar tomoni elchixonaga tashrif oldidan mashinalardagi yozuvlar to‘g‘risida maslahatlashmagan. "BAAdagi turli darajadagi rus delegatsiyalariga oddiy yo‘l politsiyasining mashinalari qo‘shimcha yozuvlarsiz hamrohlik qilishmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.

Shu yilning 15 oktyabr kuni Putin Aurus rusumli avtomashinada Abu Dabining valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Al Nahoyon bilan rasmiy uchrashuvga keldi. 

Saroyga kiraverishda Rossiya Prezidentining avtouloviga oq rangdagi Mersedes rusumli avtomobillar va ko‘k rangda "DPS"  yozuvli avtoulovlar hamrohlik qildi. Avtomobillarning eshiklarida bayroqlar va ikki mamlakatning timsollari tasvirlangan.

Prezidentning avtomashinasi otliq qo‘shin bilan birga asosiy kirish eshigigacha yetib bordi, eskadron esa saroy uzra Rossiya bayrog‘ining ranglarini osib qo‘ydi. Shundan so‘ng, saroy yaqinida joylashgan to‘plar 21 marta o‘q uzdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Putin korteji Abu Dabida

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar