Buxoroda yuz bergan tabiiy ofatdan so‘ng hozirgacha qanday ishlar qilindi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatida kuchli shamol va yomg‘irli ob-havo kuzatildi. Oqibatda viloyatdagi infratuzilma ob’ektlari, turar-joylar, jumladan, aloqa tizimi, elektr energiyasi ta’minoti jiddiy zarar ko‘rdi.

Tabiiy ofat oqibatida 1816 ta transformator ishdan chiqqan, 4311 ta tayanch ustun singan yoki pastga ag‘darilgan, 8160,3 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarining simlari uzilgan. Bu haqda Buxoro viloyati axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, talafot oqibatlarini bartaraf etishga 121 ta ta’mirlash brigadasi, 188 ta texnika jalb etilgan. Buning natijasida Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Qorovulbozor, Shofirkon, Buxoro tumanlari va Buxoro shahrida aholi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, Romitan va Peshko‘ tumanlarida bu boradagi yumushlar yakunlanish arafasida.

“Ofat Olot hamda Qorako‘l tumanlariga eng ko‘p zarar yetkazdi. Masalan, Olotda havo elektr liniyalari 100 foiz shikastlandi. 1062 kilometr uzunlikdagi bu liniyalarning hozirgacha 35 foizdan ziyodi ta’mirlandi. 324 ta yangi tayanch ustunlar o‘rnatildi. Zararlangan 384 ta transformatorning 102 tasi ta’mirlandi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 4663 xonadonga elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Qorako‘l tumani bo‘yicha 312 ta yangi tayanch ustuni o‘rnatilgan. Zararlangan 402 ta transformatorning 85 tasi ta’mirlangan. 6302 xonadonga elektr energiyasi yetkazib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing