Tomskda halok bo‘lgan barcha o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninichi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninichi qurbonning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan ayanchli hodisa oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning oila a’zorlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida yong‘in natijasida, 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi. Halok bo‘lgan 9 nafar o‘zbekistonlikning shaxsiga avvalroq aniqlik kiritilgandi.

Mazkur fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan maxsus komissiya tuzildi. Ularga qurbonlarning oilasiga yordam ko‘rsatish vazifasi yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing