Ozarbayjonning birinchi Prezidenti vafot etdi

Olam

image

Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov kecha, 27 mart kuni 83 yoshda (may oyida 84 yoshga kirardi) vafot etdi. Bu haqda Ozarbayjon Sotsial-demokratik partiyasi raisi Araz Alizoda ma’lum qildi.

Alizodaning so‘zlariga ko‘ra, u uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan.

Mutalibov 1991 yil sentyabrida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan. Uning prezidentlik davrida 1991 yil 2 sentyabrda tashkil etilgani e’lon qilingan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi atrofida vaziyat keskinlashdi. Mojaro arman va ozarbayjon aholisi o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanib ketdi. Ozarbayjon armiyasining hududiy yo‘qotishlari va muvaffaqiyatsizliklari fonida Ayaz Mutalibov 1992 yil mart oyida iste’foga chiqdi.

Biroq Prezident vazifasini bajaruvchi Yoqub Mammadov vaziyatni o‘nglay olmadi va 1992 yil may oyida Oliy Kengash deputatlari Mutalibovning qayta tiklanishi uchun ovoz berishdi. Ammo muxolifat bosimi ostida u tez orada prezidentlikdan voz kechdi va mamlakatni tark etdi.

Shundan keyin sobiq Prezident Rossiyada, Moskvada yashagan. 2000-yillar boshida u siyosiy faoliyatga qaytdi, Fuqarolik birligi partiyasini boshqardi, keyin Ozarbayjon Sotsial-demokratik partiyasi hamraisi bo‘lgan. 2010-yillar boshida u Ozarbayjonga qaytib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing