Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashayeva UrDUning faxriy professori bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 27 oktyabr kuni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan madaniyat va adabiyot kunlari doirasida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv hamda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayevaning “O‘zbekiston qadam-baqadam”kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

Urganch davlat universiteti rektori, professor Bahrom Abdullayev ozarbayjonlik mehmonlarni qutlar ekan, “O‘zbekiston qadam-baqadam” kitobining ahamiyati haqida to‘xtalib, ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha sohalardagi, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish haqida so‘z ochdi. Ozarbayjonning shoir va yozuvchilari qadim zamonlardan buyon xorazmlik qalam ahllari bilan do‘stona aloqalarni saqlab kelganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan Ganira Pashayeva universitetning faxriy professori unvoniga loyiq ko‘rildi. Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov ham hamkorlikni kengaytirish sohasidagi xizmatlari uchun universitetning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida Ganira Pashayeva ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish, ushbu universitet va Ozarbayjon oliy maktablari o‘rtasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvi zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Qo‘mita raisi taniqli Ozarbayjon yozuvchisi Yusuf Vezir Chamanzaminlining qatag‘on yillarida o‘ziga nisbatan xavf sezgani bois Xorazmga kelgani va bu universitetda bir necha yil dars berganini, keyin Bakuga chaqirilib, hibsga olingani va hech qanday aybi bo‘lmasa-da otib tashlanganini so‘zlab berdi. 

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Madaniyat markazi tashabbusi bilan buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinganini qayd etdi. Samir Abbosov bu yil buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyev “Nizomiy Ganjaviy yili”deb e’lon qildi, deya ta’kidladi.

Markaz direktori bu yil O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilayotgani va uning asarlari chop etilayotganini ham ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

4

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing