Ozarbayjondan Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Ozarbayjonning AZAL milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ozarbayjon havo yo‘llari” tomonidan “Baku-Toshkent-Baku” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 5 martagacha oshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda ikki poytaxt o‘rtasida muntazam qatnovlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda. Endilikda parvozlarni payshanba va yakshanba kunlari ham tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Bilol Norqobilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing