Ozarbayjonda Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker va Malibu avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi

Biznes

Joriy yilning 28 dekabrida “UzAutoMotors”ning Hajigabul (Ozarbayjon) shahridagi ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga o‘tdi – zavodda  Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker va Malibu avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

Ishlab chiqarish “Azermash CP” MCHJ QK zavodining ishlab chiqarish quvvatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda joriy yilning sentyabr oyidan buyon Chevrolet Nexia va Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Barcha mahsulotlar General Motors (AQSH) tomonidan o‘rnatilgan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.

Ushbu yo‘nalishda keyingi qadam Ozarbayjondagi Chevrolet avtomobillari portfoliosini yangi istiqbolli avtomobil modellari bilan to‘ldirish shuningdek, kelgusi yillarda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oshirish: 2022 yil oxiriga borib, yiliga kamida 5000 ta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Baku shahri yaqinida joylashgan Hajigabul sanoat kvartali tarkibiga kiruvchi “Azermash CP” – “AVTOSANOAT INVEST” MCHJ (O‘zbekiston) va “STA INSAAT” MCHJ (Ozarbayjon) tomonidan tashkil etilgan qo‘shma kompaniya hisoblanadi.

Loyiha tomonlar o‘rtasida 2021 yil 21 iyulda imzolangan kelishuv tufayli amalga oshirildi. Qardosh davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi 2019 yil oktyabr oyida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bakudagi rasmiy tashrifi vaqtida Turkiy kengashning sammiti doirasida e’lon qilingan.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing