Ozarbayjon va Armaniston vazirlari Blinken guvohligida uchrashdi

Olam

image

Vashingtonda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan muzokara o‘tkagan. Bundan tashqari, Transkavkaz diplomatik departamentlarining birinchi vakillari AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgan.  

Kutilganidek, uchrashuvda muhokama qilingan asosiy masala Kavkaz ortidagi vaziyatni tartibga solish bo‘lgan. Tomonlar Yerevan va Baku o‘rtasida tinchlik bitimini tuzish imkoniyatlari haqida fikr almashgan. Bayramov va Mirzoyan Praga va Sochidagi uchrashuvlarda ham davlatlar qabul qilgan majburiyatlarni tasdiqlagan. 

Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari mamlakatlar o‘rtasidagi muzokaralar sur’atini tezlashtirishga va yaqin orada yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan. Vazirlar Armaniston va Ozarbayjon vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etgani uchun Amerika tomoniga minnatdorlik bildirgan. 

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Vashington Armaniston va Ozarbayjon uchun do‘st ekanini va shuning uchun Kavkaz ortidagi vaziyatni tartibga solish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini eslatgan. 

Davlat departamentiga ko‘ra, ushbu uchrashuv Yerevan va Bakuning muloqotni faollashtirish orqali tinchlikka intilishidan dalolat beradi.

“Uchrashuv Armaniston va Ozarbayjonning muloqotni faollashtirish orqali tinchlikka erishishga jiddiy intilishini ta’kidlaydi. Qo‘shma Shtatlar Janubiy Kavkazning tinch mintaqasini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi”, deyiladi Davlat departamenti xabarida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing