Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yana otishma bo‘ldi

Olam

image

5 dan 6 fevralga o‘tar kechasi qurollangan arman guruhi Ozarbayjon harbiylarini o‘qqa tutgan. Holat yuzasidan Ozarbayjon Mudofaa vazirligining rasmiy bayonoti e’lon qilindi. 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum bugun, 6 fevral kuni tunda, soat 00:12 – 02:12 lar oralig‘ida sodir bo‘lgan. 

Bildirilishicha, Rossiya harbiylari vaqtinchalik joylashtirilgan Terter viloyatining Gapanli qishlog‘i atrofidagi ozar askarlariga qarata qurollangan arman guruhi o‘q uza boshlagan. 

Hujumga qarshi Ozarbayjon harbiylari javob choralarini ko‘rgan va o‘rtada otishma sodir bo‘lgan. 

“Otishma oqibatida tinch aholi va harbiylar orasidan yaralanganlar yo‘q”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Otishma davomida Gapanli qishlog‘idagi aholiga tegishli bo‘lgan binolardan biri zararlangani aytilmoqda.

Voqea haqida hududga joylashtirilgan Rossiya harbiy kontingenti qo‘mondonligi hamda Rossiya-Turkiya qo‘shma monitoring markaziga ma’lum qilingan.

Armaniston tomoni hozirgacha voqea yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqqani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing