Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarini besh tamoyil asosida normallashtirish mumkin – Aliyev

Olam

image

Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lida harakat qilish vaqti keldi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 31 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Endi Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarini normallashtirish uchun gapirish va harakat qilish vaqti keldi”, deydi Aliyev Sochida Putin bilan uchrashuvda.

U Rossiya davlati rahbarining bu boradagi shaxsiy rolini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga Ozarbayjon tomoni taklif qilgan beshta asosiy tamoyil asosida erishish mumkin.

“Ozarbayjon nisbatan yaqinda Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarini normallashtirish kerak bo‘lgan beshta asosiy tamoyilni ilgari surdi. Bularning barchasi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va menimcha, shu asosda normallashuvga erishish mumkin”, deydi Ozarbayjon rahbari.

Aliyev, shuningdek, Qorabog‘ mojarosi “allaqachon tarixga aylanganini” aytdi. Endilikda u munosabatlarni tiklash zarurligini urg‘uladi.

“Ikki yil oldin mojaro hal qilingan. Shuning uchun bu kontekstda muhokama qilinadigan deyarli hech narsa yo‘q va Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish formati, albatta, juda jiddiy qadamlarni talab qiladi. Va biz sizning faol shaxsiy rolingizga va ushbu maqsadlarga erishishda Rossiyaning roliga ishonamiz”, deydi Ozarbayjon Prezidenti.

Joriy yilning mart oyida Baku Yerevanga ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha beshta asosiy tamoyilni o‘z ichiga olgan takliflarni taqdim etgan edi. Unda jumladan, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, bir-birining chegaralari daxlsizligi va siyosiy mustaqilligini o‘zaro tan olishi, bir-biriga nisbatan hududiy da’volar yo‘qligini tasdiqlash va kelajakda bunday da’volarni qo‘ymaslik majburiyati, kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish. Shuningdek, takliflar chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish hamda diplomatik munosabatlar o‘rnatish, transport va boshqa kommunikatsiyalarni ochish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Aliyev va Pashinyan Putin bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish uchun Sochiga bordi. Hozirgacha Putin har ikki davlat rahbarlari bilan alohida uchrashib ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing