Ozarbayjon va Armaniston endi asirlarni qaytarish borasida bahslashmoqda

Olam

image

O‘tgan yilning 9 noyabridagi Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatgan uch tomonlama shartnomaning sakkizinchi bandiga binoan, Armaniston va Ozarbayjon harbiy asirlar va boshqa hibsga olinganlarni hamda vafot etganlarning jasadlarini almashishi kerak edi. Ozarbayjon barcha harbiy asirlarni qabul qildi. Biroq, hali ham 140 dan ortiq ismlar Armaniston almashinuvi ro‘yxatida, deb aytdi Rossiyaning diplomatik manbasi RBKga. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi mahbuslarning aniq soni haqida ma’lumot yopiq ekaniga asoslanib xabar bermagan.

Armaniston almashinuvi ro‘yxatiga urush tugaganidan keyin – dekabr o‘rtalarida Xsaberd (ozarbayjoncha nomi – Chaylaggala) yaqinida asirga olingan 62 kishi ham kiritilgan. Armaniston harbiylari nima uchun u yerda joylashtirilganligi, bunga haqlari bormi yoki yo‘qmi, hali ham noma’lum. Armaniston tomoni bu va qo‘shni qishloqlar 9 noyabrdagi qo‘shma bayonotni imzolash paytida uning nazorati ostida qolganini da’vo qilmoqda.

Joriy yilning 18 yanvar kuni 2020 yilgi yakuniy matbuot anjumanida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon Xsaberd yaqinida asirga olingan 62 kishini ekstraditsiya qilishni istamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing