Ozarbayjon Rossiyadan norozi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashgan Rossiya harbiy kontingenti faoliyati munosabati bilan norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Oyxon Hojizoda bayonotida aytiladi. 

Xususan, ozarbayjonlik ekspertlar guruhi rossiyalik harbiylar vaqtincha joylashgan hududlardagi ekologik vaziyatni o‘rgana olmagani holati bo‘yicha norozilik notasi topshirilgan. 

Bayonotda aytilishicha, Ozarbayjon tomoni ushbu hududlardagi tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida Rossiya harbiy kontingenti qo‘mondonligiga bir necha bor murojaat qilgan. Bundan tashqari, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan murojaatlar bo‘lgan. 

“Ko‘p hollarda Ozarbayjon tomonining ushbu murojaatlari javobsiz qolgan, Ozarbayjon tabiiy boyliklaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari ko‘rilmagan. Ozarbayjonga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy resurslar, xususan, Qizilbuloq oltin koni va Temirli mis-molibden konida noqonuniy ekspluatatsiya qilinmoqda”, deyiladi xabarda. 

TIV vakili 3 dekabrdan buyon Ozarbayjon davlat muassasalari vakillari va Rossiya harbiy kontingenti qo‘mondonligi o‘rtasida ozarbayjonlik mutaxassislar tomonidan monitoring o‘tkazish usullarini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilganini eslatdi. 

Hojizodaning ta’kidlashicha, 10 dekabr kuni erishilgan kelishuvlarga muvofiq ozarbayjonlik mutaxassislarning ikki viloyatga safari tashkil etilgan. Biroq ozarbayjonlik mutaxassislarning mintaqaga safari bekor qilingan.

“Rossiya tinchlikparvar kontingenti hech qanday chora ko‘rmagani fonida mahalliy aholining oldindan rejalashtirilgan harakatlari tufayli sayohatning oldi olindi. Shu munosabat bilan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga nota yubordi. 2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama bayonotga muvofiq Ozarbayjon hududining bir qismida joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qat’iy rioya qilishi shart”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing