Ozarbayjon Qozog‘iston bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazyapti
Olam
−
07 iyul 3627 1 daqiqa
Joriy yilning 8-10 iyul kunlari Ozarbayjon va Qozog‘iston “Tarlan-2025” qo‘shma parvoz-taktik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Qozog‘iston harbiy xizmatchilari Ozarbayjonga yetib borgan. Mazkur mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashadi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mashg‘ulotlarda Ozarbayjon va Qozog‘iston Harbiy havo kuchlari ishtirok etadi. Qozog‘iston harbiy xizmatchilari Ozarbayjonga borgan va ularni qarshi olish marosimi Ozarbayjon Harbiy havo kuchlarining qismlaridan birida bo‘lib o‘tgan
Mashg‘ulotlar 8 iyuldan 10 iyulgacha davom etadi. Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu jarayonda harbiylar jangovar sharoitda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga, yillar davomida orttirilgan amaliy tajriba bilan ham o‘zaro o‘rtoqlashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon va Eron Qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalari Eronning Ardabil viloyatida 4 kunlik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, noqonuniy qurolli tashkilotlarga qarshi birgalikda kurashish, chegara xavfsizligini mustahkamlash va harbiy salohiyatni oshirishdan iborat bo‘lgan.
Live
Barchasi