Ozarbayjon Qorabog‘ni minalardan tozalash uchun sapyor kalamushlarni ishga yolladi

Olam

image

Ozarbayjonga Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi hududlarni minalardan tozalash uchun Kolumbiyadan maxsus o‘qitilgan sapyor kalamushlar keltirildi. Bu haqda “1News” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mamlakatga sapyor kalamushlarni yetkazib berish BMTning rivojlanish dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Mazkur jonivorlardan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muammoli hudud hisoblangan Tog‘li Qorabog‘da foydalaniladi. Ular 44 kun davom etgan urush davrida arman bosqinidan ozod qilingan hududlarni minalardan tozalash jarayonida qatnashadi.

Shuningdek, kelgusida Bosniya va Gersegovina va Janubiy Afrika davlatlaridan Ozarbayjonga sapyor kalamushlarni olib kelish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing