Ozarbayjon bilan faxrlanamiz – Turkiya Savdo vaziri Aliyev bilan urush haqida gaplashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 2 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Ruxsar Pekjan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Aliyevning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarbayjon Prezidentining rasmiy sahifasidagi ma’lumotlarga qaraganda, Ilhom Aliyevning Turkiya Savdo vaziri bilan asosan, Tog‘li Qorabog‘dagi urush masalalari haqida suhbatlashgan. Xalqaro harbiy-strategik hamkorlik bo‘yicha masalalar Turkiya Savdo vazirining qanchalik vakolat doirasida ekani noma’lum.

Qayd etilishicha, Ruxsar Pekjan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomini Ilhom Aliyevga yetkazgan. Prezident Ilhom Aliyev Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi uchun minnatdorlik bildirib, uning salomini Turkiya Prezidentiga yetkazishni iltimos qilgan.

Ruxsar Pekjan Turkiyaning Ozarbayjonning yutuqlari bilan faxrlanishini ta’kidlab, Vatan urushi davrida turk xalqi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan voqealar va Prezident Ilhom Aliyev faoliyatini diqqat bilan kuzatib borgani hamda erishilgan yutuqlardan xursand bo‘lganini ta’kidlagan.

Shu o‘rinda Prezident Ilhom Aliyev ham har doim turk xalqining qo‘llab-quvvatlashini his qilgani va Vatan urushi davrida turk jamoatchiligi Ozarbayjonga yaqin bo‘lganini aytib o‘tgan. Davlatimiz rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning urushning dastlabki kunlaridanoq qilgan muhim bayonotlarini yuqori baholadi.

Aliyev Turkiya matbuotining Vatan urushi davridagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tgan, dunyoga urush bilan bog‘liq ma’lumotlarni tarqatishda uning alohida rolini yuqori baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing