Ozar-arman chegarasidagi janglarda necha kishi halok bo‘lgani aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon bilan chegarada bir necha arman askari halok bo‘ldi. Bu haqda Yerevan ma’lum qildi.  

“16 noyabr kuni Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining hujumi natijasida boshlangan janglarda arman tomondan olti kishi halok bo‘ldi”, deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi saytida. 

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlardan birining shaxsi hali aniqlanmagan. Rossiya tomoni vositachiligida asirga olingan askarlarni vataniga qaytarish ishlari davom etmoqda. 

Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida vaziyat nisbatan barqaror ekani qayd etilgan. 

Joriy yilning 16 noyabr kuni Yerevan ozarbayjonlar Kilisali tog‘i hududida mamlakatga bostirib kirganini, bir arman askari halok bo‘lgani, 13 nafari asirga olingani va 24 nafari bilan aloqa uzilganini ma’lum qilgandi. 

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan chegaradagi to‘qnashuvda yetti nafar ozarbayjon askari halok bo‘lgani, o‘n nafari yaralangani haqida xabar berdi. 

Ikki Respublika Mudofaa vazirlari bilan telefon suhbatida ularning rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu Moskva vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishga tayyorligini, ta’kidlagan, shundan so‘ng janglar to‘xtatilgan. 

Kecha, 18 noyabr kuni Baku armanlarning yangi hujumini e’lon qilib, uning bostirilganini, Ozarbayjon harbiylari orasida yo‘qotishlar yo‘qligini ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 11 noyabriga o‘tar kechasi Rossiya vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha uch tomonlama bayonot imzolagan bo‘lsalar-da, hali-hanuz ikki o‘rtadagi chegara notinch, vaqti-vaqti bilan chegarada o‘q otilib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing