Oy va Marsda yashash imkonini beruvchi yangi inshootlar quriladi
Bu qiziq
−
12 dekabr 2022
73332028 yilgacha Oy va Mars sayyorasida bir qancha yangi inshootlar quriladi. Bundan asosiy maqsad tashrif buyuruvchilarga yangi makonda qulaylik yaratishdan iborat. Bu haqda “ArchDaily” internet sayti xabar berdi.
Oy hamda Mars sayyorasida insonga yashash imkonini beruvchi inshootlar qurish uchun tashkilotlar va NASA o‘rtasida ko‘plab shartnomalar imzolangan. Fazoviy arxitekturada binolar asosan tayyor kapsulalardan iborat bo‘lib, ularning asosiy shakli yumaloq yoki maxsus “qutilar” kabi bo‘ladi.
Oxirgi NASA bilan tuzilgan shartnoma “Olympus” inshooti hisoblanadi. Loyihaga ko‘ra, Oy va Marsda qo‘nish maydonchalari, turar-joy kapsulalari hamda tashqi sayr uchun yo‘laklar rejalashtirilgan. Shartnoma 2028 yilgacha tuzilgan, ammo bu hududlarda yerliklarning qachon tashrif buyurishi hali ma’lum qilinmagan.
Shuningdek, “Olympus” bilan bir qatorda, NASA “Crew Health and Performance Analog” nomli Marsda odamlarning tez ko‘nikishi uchun Yerda maxsus loyiha amalga oshirishni boshlamoqda. Bu boradagi ilk tajriba 2023 yilda boshlanadi. Loyiha 1700 metr kvadrat maydonni egallagan. Bunda yangi sayyoraga tashrif buyuruvchilar avval mana shu loyihada qatnashadilar va undan muvaffaqiyatli o‘tganlar kosmik parvozni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bundan bir necha yil avval Birlashgan Arab Amirligi Marsda odamlarning yerdagi kabi erkin va yashil hududda yashash muhitini ta’minlab beruvchi “Mars Science City” loyihasini ishlab chiqqan edi. Bu loyiha Muhammad bin Rashid kosmik markazida Amirlik muhandislari va dizaynerlari tomonidan loyihalashtirilgan gumbazli eng yirik kosmik shaharchadir. Uning umumiy maydoni 1,9 million kvadrat metr. Loyihaning qiymati esa 140 million dollarni tashkil qilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi