OTMlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Unga ko‘ra, OTMlarga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanadi.

Bunda, OTMlarga o‘qishga kirishda imtiyozlar berish to‘liq raqamlashtiriladi hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘qishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, OTMlarga o‘qishga kirish uchun ijodiy imtihonlarni (jismoniy tarbiya, rassomchilik va.h.k.) hamda yakuniy imtihonlarni topshirishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, bir OTMdan boshqa oliygohga ko‘chirish (shu jumladan, chet eldan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi mutaxassislikka hamda hamkor chet el oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda qo‘shma o‘quv dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing