OTMlarga qabul kvotalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar, sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar talaba qabul qilinishi mumkin. Bu haqda “2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirilgan. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

•  kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;

•  sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;

•  kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;

•  masofaviy ta’lim shakliga— 3 610 nafar;

•  magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;

•  xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar etib tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilanadi.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibi joriy etiladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’limning masofaviy shakli joriy etiladi. Moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyundan 15 iyulga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

•  bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15 iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshirish;

•  test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Magistraturada tahsil oluvchi xotin qizlarning to‘lov-kontrakt pullari:

•  2021/2022 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun;

•  2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning o‘qishi uchun kontrakt to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplab boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar etib;

sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar etib;

kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar etib;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;

v) filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar etib tasdiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

669

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing