OTMlarda kuzatuv kengashi tashkil etiladi
Jamiyat
−
02 mart 2022 5052 1 daqiqa
Endilikda har bir oliy ta’lim muassasasida kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasining kuzatuv (vasiylik) kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasida keltirilgan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Unga ko‘ra, kengash oliy ta’lim muassasasini samarali boshqarishda strategik organ hisoblanadi. U ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini ham belgilaydi.
Kengash tarkibiga Oliy Majlis palatalari a’zolari, xalq, mahalliy kengash deputatlari, vazirlik, idoralar, NNT, OAV va jamoatchilik vakillari, homiylar, shuningdek, OTM faoliyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr