OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi
Jamiyat
−
10 noyabr 2022
50092022/2023 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat, magistratura yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat, magistratura yo‘nalishlariga hamda o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun kontrakt into‘lashning so‘nggi muddati 10 dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
LiveBarchasi