OTMlarda kontarkt oshiriladimi? Vazirlik bayonot berdi
Jamiyat
−
25 avgust 2022 23249 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik orasida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt miqdori oshirilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlarni rad etib, munosabat bildirdi.
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik bayonoti avvalida.
Shuningdek, vazirlik bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini ma’lum qilgan.
“Bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz, deb hisoblaydi”, deyiladi bayonotda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025