OTMlarda qishki ta’tilni o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi. Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta’tili o‘tkaziladi.

Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

2022 yildan qishki ta’til davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing