OTMlarda qishki ta’til kunlari aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalaridagi qishki ta’til haqida ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, talaba va o‘quvchilar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) o‘quvchilari uchun 2021 yil 28 dekabrdan 2022 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022 yilning 11 yanvaridan boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27 dekabrga to‘g‘ri kelib, 28 dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2022 yil 10 yanvargacha davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing