OTMlarda eskicha jurnal va reyting daftarchadan voz kechiladi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi. Talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov joriy yilning 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor (yig‘ilish)da ma’lum qildi.

“O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi. Bugundan rektorlar bu ishga kirishishi kerak. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga o‘tkazish va unda barcha ma’lumotlar saqlanishi bo‘yicha byudjet loyihasi ham muhokamada hozir”, deya ta’kidladi Abduqodir Toshqulov.

Shuningdek vazir videoselektor davomida asosiy e’tiborni oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish masalasiga qaratdi. Ayni vaqtda “Hemis” axborot dasturi ishga tushirilgani va u orqali ma’muriy, o‘quv, ilmiy, moliyaviy yo‘nalishlar bo‘yicha barchasi raqamlashtirilishini aytdi.

“Dunyo tajribasidagi kabi tizim raqamlashtirilsa, inson omili minimallashtirilsa, korrupsiya bo‘lmaydi. Raqamlashtirish ochiqlik, shaffoflik, adolatni beradi, vaqtni iqtisod qiladi, eng muhimi xarajatni qisqartiradi”, deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.

U shuningdek, xorijlik hamkasblari oldida uyalib qolayotganini ham alohida ta’kidladi.

“Men hozir xorijlik rektor hamkasbimiz oldida "buni endi qilayapmiz" deyishga uyalayapman. Bu 10−15 yil oldin Yevropa, G‘arbda, Sharqda qilingan narsa. Lekin hechdan ko‘ra kech”, deya qayd etdi Abduqodir Toshqulov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing