OTMlar gender statistikasi: talaba qizlarning yarmi bir sohada o‘qiydi
Jamiyat
−
22 yanvar 2022
131472020/2021 o‘quv yilida O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning 311,5 ming nafari o‘g‘il bolalar, 260 ming nafari qiz bolalardir.
Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni:
Pedagogika:
• o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar
• qiz bolalar – 126,3 ming nafar
Gumanitar fanlar:
• o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar
• qiz bolalar – 26,8 ming nafar
Matematika fanlari:
• o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar
• qiz bolalar – 5,4 ming nafar
Tabiiy fanlar:
• o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar
• qiz bolalar – 14,1 ming nafar
San’at:
• o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar
• qiz bolalar – 6 ming nafar
Islomshunoslik:
• o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar
• qiz bolalar – 0,3 ming nafar.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart