OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi mumkinligi aytildi
Jamiyat
−
02 avgust 2022
31576Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Imtihon 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Taklif loyiha shaklida tegishli tashkilotga kiritilgan. Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin”, deydi mutasaddi.
Imtihon o‘tkazish vaqtlari o‘tgan yildagidek birinchi smena soat 7:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Taklif berganmiz. Davlat qabul komissiyasi tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilamiz”, deydi DTM mas’uli.
LiveBarchasi