OTMga kirish imtihoni sentyabrda o‘tkazilishi ham mumkin – DTM
Jamiyat
−
22 iyul 2020
118212020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun test sinovlari 1 avgustdan boshlanmasligi mumkin. Bu haqda DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov qabul yakunlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U Davlat komissiyasiga test sinovlarini karantin cheklovlari tugagandan keyin o‘tkazish bo‘yicha taklif berilganini bildirdi.
“1 avgustgacha karantin cheklovlari belgilangan. Shu sababli davlat komissiyasiga test sinovlarini keyingi muddatlarda o‘tkazish bo‘yicha takliflar berganmiz. Agar karantin muddatlari 15 avgustgacha cho‘ziladigan bo‘lsa, 15 avgustdan keyin bo‘ladi. Agar karantin 1 sentyabrgacha uzaytirilsa, test sinovlari sentyabr oyida o‘tkaziladi”, deya Rajabovning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.
DTM mas’ulining ma’lum qilishicha, test sinovlarini abituriyentlar ko‘pligi uchun 3 smenada o‘tkazish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi