OTM talabalari va xodimlariga koronavirusga qarshi dorilar sotib olinadi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov OTM talabalari va xodimlarini pandemiya davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalashga oid qo‘shma qarorni imzolagani to‘g‘risidagi hujjat tarqatildi.

Unda talabalar va OTM xodimlari profilaktika uchun gidroksixloroxin va sink preparatini qabul qilishi kerakligi, mabodo koronavirus aniqlangan yoki gumon qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha dorilar va tavsiyalar asosida muolajalarga amal qilishi lozimligi ta’kidlangan.

OTMlarga barcha dori vositalarini shartnoma asosida “Dori-darmon” AK va uning hududiy filiallaridan sotib olish majburiyati yuklatilgan.

Qarorda dori vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar OTMlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, bundan bir necha oy avval koronavirusni davolash jarayonlarida Gidroksixloroxin (plakvenil) dori vositasidan foydalanish ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing