Otdan yiqilgan PSJ darvozaboni uch hafta deganda komadan chiqdi

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” futbol klubi darvozaboni Serxio Riko otdan yiqilib olgan jarohatidan so‘ng uch hafta deganda komadan chiqdi. Bu haqda “Telecinco” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi may oyining oxirida Ispaniyaning Andalusiya shahrida ot minishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida boshidan jarohat olib, komaga tushib qolgan. 

Bugun, 19 iyun kuni uning rafiqasi, ispaniyalik model va aktrisa Alba Silvaning ma’lum qilishicha, futbolchi sog‘aya boshlagan. 

“Nihoyat tunnelning oxirini ko‘rishimiz mumkin. Sekin-asta oldinga qadam tashlamoqdamiz. U chempion bo‘lgani uchun boshidanoq bu qiyinchiliklarni yengib o‘ta olishini bilardim”, deydi Silva. 

Ma’lumot uchun, Serxio Riko faoliyatini Ispaniyaning “Sevilya” klubida boshlagan. Ushbu jamoa safida ikki bor Yevropa Ligasida zafar quchgan Riko 2019 yilda ijara asosida Parij klubiga ko‘chib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Riko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar