“Otdan tushsa ham egardan tushmas” Mas’ud “Tolibon”ga qarshi oxirgacha kurashmoqchi

Olam

image

Afg‘onistondagi Panjsher qarshilik kuchlari rahbari Ahmad Mas’ud to g‘alaba qozonmagunga qadar “Tolibon” harakatiga qarshi kurashni davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda uning  bayonotiga asoslanib, “Sputnik” xabar bermoqda.

Qarshilik kuchlari bayonotda toliblarning majburiy ko‘chirish, kamsitish, xurofot siyosati, tinch aholi va sobiq amaldorlarni o‘ldirishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan.

“Hammamiz shu yo‘lda oxirigacha boramiz. Ular bizning erkinlik izlayotgan ovozlarimizni o‘chirishga harakat qilmoqda”, deyilgan bayonotda

Shuningdek, Ahmad Mas’ud “Tolibon” hukumatini tan olishdan bosh tortgan davlatlarga minnatdorlik bildirib, xalqaro tashkilotlarni vaziyatga aralashishga chaqirgan. 

Qayd etilishicha, Panjsher qarshilik kuchlarining maqsadi – Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzish.

Bayonotda Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani haqida ham so‘z borgan. U milliy xiyonatga yo‘l qo‘yganlikda hamda oldindan til biriktirgan holda hukumatni “Tolibon” qo‘liga topshirishda ayblangan.

Ma’lumot o‘rnida, Panjsherdagi kuchlar “Tolibon”ga uzoq vaqt davomida qarshilik ko‘rsatib turdi. Biroq yakunda Afg‘onistonning boshqa viloyatlari kabi Panjsher ham taslim bo‘ldi. Ushbu viloyat Afg‘oniston sharqida joylashgan bo‘lib, aholisining asosiy qismini etnik tojiklar tashkil qiladi. Tashqi siyosatda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamda Yevropa Ittifoqi ushbu viloyatdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

782

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made