OTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozlarini oshirdi

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2023 yilda o‘sishi bo‘yicha prognozlarni 5 foizgacha oshirdi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot bankining yangi hisobotida keltirilgan.

OTB ekspertlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining oziq-ovqat va energiya narxiga ta’siri, shuningdek, kelajakda pul o‘tkazmalarining kamayishi 2022 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining daromadlari va iste’molini kamaytirishi mumkin.  Ushbu noaniqliklarni hisobga olgan holda, OTB 2022 yil uchun 4 foizlik iqtisodiy o‘sish prognozini saqlab qoldi, 2023 yil uchun esa 4,5 foizdan 5 foizga ko‘tarilgan.

Biroq import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashgani, ish haqi va pensiyalar oshishi, g‘alla narxining liberallashuviga qaramay, inflyatsiya 2022yilning birinchi yarmida o‘tgan yilgi 10,9 foizdan 10,6 foizgacha sekinlashgan.

Tashqi inflyatsiya bosimi va o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishiga javoban Markaziy bank 2022 yil mart oyida asosiy stavkani 14 foizdan 17 foizga oshirdi, keyinroq iyun oyida stavkani 16 foizga, iyul oyida esa 15 foizga tushirdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda yalpi ichki mahsulot 2021 yilning shu davrida nisbatan 5,4 foizga oshgan.

Bu sanoatning 5,1 foizga va xizmat ko‘rsatish sohasining 7,3 foizga o‘sishining sekinlashishi fonida sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, qurilish sanoatida o‘sish – 6,2 foizga, qishloq xo‘jaligida 2,7 foizgacha tezlashgan.

Avgust oyida inflyatsiya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizni tashkil etgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi 16,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,9 foizga, xizmatlar narxi 7,1 foizga oshgan.

“Rivojlanayotgan Osiyo tiklanishda davom etmoqda, ammo xavflar yuqori. Jahon iqtisodiyotidagi sezilarli pasayish mintaqadan eksportga bo‘lgan talabni jiddiy kamaytirishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda pul-kredit siyosatining kutilganidan kuchliroq qattiqlashuvi moliyaviy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Va Xitoyda o‘sish takroriy blokirovkalar va zaif ko‘chmas mulk sektori tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, deydi OTB bosh iqtisodchisi Albert Park.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan Osiyo hukumatlari bu xatarlardan hushyor turishlari va o‘sishni susaytirmasdan inflyatsiyani ushlab turish uchun zarur choralarni ko‘rishlari kerak.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made