OTB O‘zbekistonda STEM ta’limni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
3440O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 100 million AQSH dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limini rivojlantirishga qaratilgan. STEM fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish.
Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi uchun Mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning so‘nggi tashabbuslari va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, STEM fan, texnologiya, muhandislik va matematikani birlashtirish uchun ishlatiladigan keng atama hisoblanadi.
LiveBarchasi