Otasini o‘ldirgan yigit 10 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashovchi 25 yashar yigit o‘z otasining qotiliga aylandi va qilmishi uchun 10 yil ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, yigitning otasi spirtli ichimliklar iste’moliga mukkasidan ketgan va bu holat bir necha bor oilaviy nizolarni keltirib chiqargan. 
 
Shunday janjallarning birida ota mast holatda uyga kelib, turmush o‘rtog‘ining 1-guruh nogironligi uchun oladigan nafaqa pulini berishini talab qilgan. Ayol pul yo‘qligini aytganida, er uni ura boshlagan. Bu holatga guvoh bo‘lgan o‘g‘il otasini yerga yotqizib, uning ko‘krak qismiga bir necha bor tepgan. Yigit otasining egnida bo‘lgan sport kiyimining bosh yopinchig‘i bog‘ichi bilan uni bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tumani sudida ko‘rilgan sud ishida, qotillikni sodir etgan shaxs va guvohlarning ko‘rsatmalari, to‘plangan hujjatlar va dalillarga tayanib, hukm chiqarilgan. 

U Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud ushbu jazoni tayinlashda yigit muqaddam sudlanmaganligi, qilmishiga iqrorligi, pushaymonligi, bundan tashqari, jinoyatni jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida sodir etganini hisobga olib, o‘zi ayblangan moddaning sanksiyasida nazarda tutilgan jazo muddatini tayinlashni lozim topgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing