Otabek Sattoriyning advokati Umid Davlatov vafot etdi

Jamiyat

image

Taniqli advokat, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati yurist-konsultanti Umid Davlatov 42 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida yozib qoldirgan. 

Tashanovga ko‘ra, Davlatov bugun, 1 sentyabr kuni yurak qon-tomir xastaligidan vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Umid Davlatov ko‘plab shov-shuvli sud ishlarida ishtirok etgan. Xususan, bloger Otabek Sattoriyning adkovati sifatida sudda uning huquqlarini himoya qilgan. Shuningdek, u xorazmlik bloger va huquq faoli Nafosat Olloshukurova ishida ham advokat sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1717

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing