Bolalarni bir yoshdan bog‘chaga qabul qilish qachon boshlanishiga aniqlik kiritildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonun imzolagani, unga ko‘ra, endilikda MTTlar bolalarni 1 yoshdan qabul qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respulikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabagacha ta’lim tashkilotlari 1 yoshli bolalarni qachondan boshlab qabul qilishiga aniqlik kiritdi. 

“Mazkur me’yor xususiy MTTga taalluqlidir. Hozirda ularga bolalarni ikki yoshdan qabul qilishga ruxsat etilgan bo‘lib, qonun kuchga kirishi bilan ya’ni 2020 yilning 16 iyunidan xususiy MTT bolalarni bir yoshdan qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi”, deydi vazirlik matbuot xizmati rahbari Dilafruz Ikromova.

Ma’lumot o‘rnida, qonunning 34-moddasi maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda MTT qabul qilinadigan bolalarning yoshiga ham aniqlik kiritib ketilgan. Xususan:

•    ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);
•    kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);
•    o‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);
•    katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);
•    maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha) bo‘lishi belgilangan.

MTT to‘g‘risidagi amaldagi Nizomda davlat tasarrufidagi MTTga bolalarni uch yoshdan qabul qilish mumkinligi belgilangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha ta'lim tashkilot

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar